Mahsulotlarni yetkazib berish tartibi va muddatlari
Avto6707 internet-do’koni O’zbekistonning barcha hududlariga tezkor va xavfsiz yetkazib berish xizmatini taklif etadi.
1. Toshkent shahri va viloyati bo’yicha
- Kuryerlik xizmati: Toshkent shahri ichida buyurtmangiz 24 soat ichida manzilingizga yetkazib beriladi.
- O’zi olib ketish (Samovivoz): Buyurtmani Toshkent shahri, Sergeli tumani, Sergeli mashina bozori 57-do’kondan bepul olib ketishingiz mumkin.
2. O’zbekiston viloyatlari bo’yicha
- Pochta va kuryerlik kompaniyalari: Respublika bo’ylab yetkazib berish BTS, Fargo va boshqa kuryerlik xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
- Yetkazib berish muddati: Viloyat markazlari va tumanlarga 1 ish kunidan 3 ish kunigacha.
3. Yetkazib berish narxlari va shartlari
Yetkazib berish narxi mahsulotning hajmi, vazni va manzilingizga qarab hisoblanadi. Buyurtmani rasmiylashtirish jarayonida aniq narx ko’rsatiladi.
Buyurtma holatini kuzatish
Buyurtma berilgach, kuryer yoki menejerimiz siz bilan bog’lanadi va yetkazish vaqtini kelishib oladi.
