Mahsulotni qaytarish va almashtirish shartlari
Avto6707 do’konida xarid qilingan har bir mahsulot sifatiga kafolat beriladi. Agar mahsulot sizga maqbul kelmasa yoki unda nuqson aniqlansa, uni qaytarish yoki almashtirish imkoniyatiga egasiz.
1. Qaytarish muddatlari va shartlari
- 10 kunlik muddat: Qonunchilikka muvofiq, mahsulot topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida uni almashtirish yoki qaytarish huquqiga egasiz.
- Mahsulot ko’rinishi: Mahsulot ishlatilmagan, uning tovar ko’rinishi, qadoqlanishi, yorliqlari va xarid cheki (yoki elektron to’lov kvitansiyasi) saqlangan bo’lishi shart.
2. Nosozlik yoki mos kelmaslik holati
Agar sizga yetkazilgan mahsulotda zavod nuqsoni bo’lsa yoki buyurtma qilingan modelga mos kelmasa, almashtirish va yetkazib berish xarajatlari to’liq do’konimiz tomonidan qoplanadi.
3. Pulni qaytarish tartibi
Mahsulot me’yoriy holatda qaytarib olingach, to’langan pul 1–3 ish kuni ichida siz to’lov qilgan karta (Click/Payme) yoki bank hisobingizga to’liq qaytariladi.
Murojaat uchun
Qaytarish va almashtirish masalalari bo’yicha bizning qo’llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qilishingiz mumkin:
- Telefon: +998 90 127 67 07
- Telegram: @elbek_uz81
